DataLife Engine / BOG‘OTDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

BOG‘OTDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

BOG‘OTDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI Bugun 14-iyun kuni Bogʻot tumanidagi 3-IDUM majlislar zalida amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbirni tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri Go‘zal Raximova ochib berdi. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining taʼlim sifati monitoringi boʻlimi boshligʻi T.Nurmetov hamda tuman taʼlim sifati monitoringi inspektor metodistlari bilan birgalikda pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga ustamalar belgilash yuzasidan amaliy seminar oʻtkazildi. Seminarda Bogʻot tumanidagi barcha maktablarning direktorlari,oʻquv ishlari boʻyicha va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida VM ning 823-sonli qarori asosida belgilanadigan ustamalar to'g'risida, ishchi guruhning ish taqsimoti to'g'risida ma'lumotlar berildi. Amaliy seminar davomida direktorlar,oʻquv ishlari boʻyicha, maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
14-06-2022, 06:01
Вернуться назад